To‘rtta turk firmasi mudofaa sanoatining eng yaxshi yuztaligidan o‘rin oldi

“Defence News” jurnali tomonidan mudofaa savdolari asosida chop etilgan va 2023-yilga bag‘ishlangan “Defence News eng yaxshi yuztalik” ro‘yxati e’lon qilindi.

2021411
To‘rtta turk firmasi mudofaa sanoatining eng yaxshi yuztaligidan o‘rin oldi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida (AQSh) joylashgan dunyoning eng nufuzli mudofaa sanoati ro‘yxati sifatida qabul qilingan “Defense News jurnali eng yaxshi yuztaligi”da turk firmalari soni 4 taga ko‘tarildi.

“Defence News” jurnali tomonidan mudofaa savdolari asosida chop etilgan va 2023-yilga bag‘ishlangan “Defence News eng yaxshi yuztalik” ro‘yxati e’lon qilindi.

Shunga ko‘ra, 2022-yili 3 ta bo‘lgan ro‘yxatdagi turk mudofaa sanoati firmalari soni bu yil 4 taga ko‘tarildi.

O‘tgan yili ro‘yxatda 49-o‘rinda bo‘lgan Harbiy elektronika sanoati (ASELSAN), bu yil esa 47-o‘rinda qayd etilib, turk firmalari orasida eng yuqori o‘rnini egalladi.

Turk Aerokosmik sanoati (TUSAŞ) o‘tgan yili 67-o‘rinda bo‘lsa, bu yilgi ro‘yxatda 58-o‘rinda qayd etildi. ROKETSAN esa 2022-yili 86-oʻrinda boʻlsa, 2023-yili 80-oʻringa erishdi.

Ro‘yxatga birinchi marta kiritilgan Harbiy Fabrika va kemasozlik zavodi (ASFAT) roʻyxatda 100-oʻrinni egalladi.

 



Aloqador xabarlar