Turkiya Pokistonga hamdardlik bildirdi

Kecha, Pokistonning Navabshoh shahri yaqinida yo‘lovchi poyezdining 10 ta vagoni relsdan chiqib ketdi. Natijada 28 kishi halok bo‘lar ekan, 50 kishi tan jarohati oldi.

2021005
Turkiya Pokistonga hamdardlik bildirdi

Turkiya, Pokistondagi poyezd halokatida hayotdan ko‘z yumganlarga hamdardlik bildirib, tan jarohati olganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Bu haqida Tashqi Ishlar vazirligi:

“Karachi-Ravalpindi safari yo‘nalishida poyezdining relsdan chiqib ketishi natijasida sodir bo‘lgan halokat oqibatida ko‘plab insonning halok bo‘lganidan chuqur qayg‘udamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

“Ushbu halokat natijasida hayotdan koʻz yumganlarga Olloxdan rahmat tilaymiz. Yaqinlari, doʻst va qardosh Pokiston xalqi bilan hukumatiga hamdardlik bildiramiz. Tan jarohati olganlarning tezroq sogʻayib ketishiga tilakdoshmiz”.-deyildi.

Eslatib o‘tamiz:

Pokistonning Navabshoh shahri yaqinida yo‘lovchi poyezdining 10 ta vagonining relsdan chiqib ketishi natijasida 28 kishi halok bo‘lar ekan, 50 kishi tan jarohati olgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #hamdardlik , #Pokiston , #poyezd halokati

Aloqador xabarlar