Erdo'g’an BAA prezidentiga ukasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Qayd etilishicha, kecha, 27 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zayd al-Nahayonning ukasi vafot etgan.

2017106
Erdo'g’an BAA prezidentiga ukasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zayd al-Nahayonga ukasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, Erdo'g'an BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qilgan. Suhbat avvalida Erdo'g'an Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Prezidenti Muhammad bin Zayd al-Nahayonning ukasi vafot etgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirgan.

Qayd etilishicha, kecha, 27 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zayd al-Nahayonning ukasi vafot etgan. Prezidentning ukasi Said bin Zayd al-Nahayon sog‘lig‘idagi muammolar tufayli 58 yoshida vafot etgan.

Qarindoshlari uning qanday kasal bilan og‘rigani haqida hech qanday ma’lumot bermagan. Shu munosabat bilan mamlakatda 29 iyulgacha uch kunlik motam e’lon qilindi. 

Ma’lumot uchun, shayx Said 1965 yilda al-Ayn shahrida tug‘ilgan va 1988 yilda BAA universitetida siyosiy fanlar bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. O‘qishni tamomlagach, Abu-Dabiga rejalashtirish vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan. 1991-1996 yillarda dengiz portlari departamenti raisi lavozimida ishlagan. Shuningdek, u vafotiga qadar Abu-Dabi rahbarining vakili sifatida faoliyat olib borgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #BAA , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar