Yerlikaya: Oxirgi 2 oyda 119 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi

Ali Yerlikaya, xususiy bir telekanalning jonli efirida kun tartibini baholab, jurnalistning savollariga javob berdi.

2016595
Yerlikaya: Oxirgi 2 oyda 119 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi

Ichki Ishlar vaziri Ali Yerlikaya, oxirgi 2 oyda PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyotlarda 119 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirilganini ma’lum qildi.

Yerlikaya, xususiy bir telekanalning jonli efirida kun tartibini baholab, jurnalistning savollariga javob berdi.

Yerlikaya, terrorizmga qarshi olib borilgan amaliyotlarda ta’sirsiz holga keltirilgan terroristlar soni haqidagi savolga,

“Vazifaga kelganimga 2 oy boʻldi. Terror tashkilotiga qarshi 478 ta shahar amaliyoti ijro etdik. Bu amaliyotlarda 740 kishi nazorat ostiga olindi. Ulardan 182 nafari hibsga olinar ekan, 88 nafari haqida sud nazorati qarori chiqarildi. Xuddi shu davrda qishloq joylarda amalga oshirilgan 24 ming 107 amaliyotda 119 terrorist ta’sirsiz holga keltirildi. Amaliyotlarning 10 tasi yirik, 83 tasi esa oʻrtacha edi”.-deb javob berdi.

Olingan razvedka ma’lumotlari va kuzatuv qobiliyati tufayli terroristlar chorasiz qolganini qayd etgan Yerlikaya, toʻxtovsiz amaliyotlar uyushtirganliklarini oʻz soʻziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar