Iroq shimolida bir askar shahid boʻldi

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham davom etmoqda.

2015500
Iroq shimolida bir askar shahid boʻldi

Iroq shimolida PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan igʻvogar tusda oʻq uzildi va oqibatida bir askar shahid boʻldi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, PKK a’zolari tomonidan “Panja-kalit” amaliyoti olib borilgan mintaqada kashfiyot va kuzatuv faoliyati olib borayotgan Turk Qurolli kuchlari unsurlariga qarshi igʻvogar tusda oʻq uzilgani va oqibatida bir askarning shahid boʻlgani qayd etildi.

Boshqa tomondan Suriyadagi koʻndirish harakatlari natijasida PKK/PYD terror tashkiloti tarkibidan qochgan terrorist, Shanliurfada taslim boʻldi.

Suriyadagi terror tashkiloti lagerlaridan qochmoqchi boʻlgan bir terrorist esa, xavfsizlik kuchlari bilan aloqa oʻrnatdi.

Xavfsizlik kuchlarining muvofiqlashtirilgan ishlari natijasida Suriyadan Turkiyaga kirishiga ruxsat berilgan terrorist, Shanliurfaning Jeylanpinar chegarasida taslim boʻldi.

 



Aloqador xabarlar