Prezident Erdo’g'an, samolyotda jurnalistlarning savollariga javob berdi

Prezident Rejep Tayyip Erdog'an, Qoradengiz don tashabbusining davom etishini ta'minlay olishlariga ishonganliklarini bildirdi.

2014487
Prezident Erdo’g'an, samolyotda jurnalistlarning savollariga javob berdi

 

Prezident Rejep Tayyip Erdog'an, Qoradengiz don tashabbusining davom etishini ta'minlay olishlariga ishonganliklarini bildirdi.

Prezident Erdo'g'an Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari bo'lgan Ko'rfaz safari va Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga qilgan tashrifidan so'ng qaytishida  samolyotda jurnalistlarning savollariga javob berdi va kun tartibiga doir bayonotlar berdi.

Erdog'an, Qoradengiz don tashabbusining tugatilishi global oziq-ovqat narxlarining oshishi, ba'zi mintaqalarda ocharchilik va keyin yangi migratsiya to'lqinlariga qadar bir qator ta'sir ko'rsatishini bildirdi.

Bunga yo'l qo'ymaslik uchun Turkiya tashabbus ko'rsatishdan tortinmasligini ifoda etgan Erdo'g'an

“Oʻylaymanki, biz (Rossiya prezidenti)   bilan batafsil gaplashib, ushbu insonparvarlik harakatining davom etishini taʼminlaymiz.

Uning G‘arb davlatlaridan ham qandaydir umidlari borligini bilamiz. G’arb davlatlari bu borada chora ko’rishlari kerak”, dedi u.

Diplomatiyaning barcha vositalaridan foydalanishlarini ifoda etgan Erdog'an,

“Biz bu masalalarni Putin bilan batafsil muhokama qilamiz, avvalo telefon diplomatiyasi orqali va agar uning avgust oyida tashrifi amalga oshsa, jarayon cho'zilishidan oldin Qora dengiz don tashabbusining davom etishini ta'minlashga ishonaman."

Ko'rfaz davlatlari bilan munosabatlarga kelsak, Erdo'g'an

“Kelgusi davrda aniq loyihalar bilan hamkorligimiz yanada mustahkamlanadi.Umid qilamanki, uning iqtisodiyotimizga ijobiy ta’sirini tezroq ko’ramiz.

Ko‘rfazga tashrifimiz chog‘ida respublikamiz tarixidagi eng yirik mudofaa va aerokosmik eksport shartnomasi imzolandi”.

Erdo’g'an, Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga tashrifi chog'ida Turkiyaning Kipr muammosini hal qilish borasidagi pozitsiyasi va takliflarini butun dunyo bilan o'rtoqlashganliklarini izohladi.

Kipr turk xalqining xavfsizligi, farovonligi uchun harakat qilsak ham, orolda barqaror va adolatli tinchlikka erishish uchun diplomatik harakatlarimizni davom ettiramiz” dedi.

Erdo'g'an, kelasi hafta Falastin Prezidenti Mahmud Abbos va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuning alohida-alohida Turkiyaga kelishini aytdi.

  Isroil tabiiy gazining Turkiya orqali Yevropaga yetkazilishiga kelsak,

"Isroil Bosh vaziri Netanyahu bilan birinchi marta muloqot qilmoqdamiz. Umid qilamanki, bu rivojlanish Turkiya-Isroil munosabatlarida ancha iliq davrning boshlanishi bo'ladi". Deya qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar