Erdo’g’an Saudiya Arabistoniga safari oldidan OAVga intervyu berdi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, bugun muddati tugaydigan Qoradengiz don koridori kelishuvi haqida,“Rossiya prezidenti (Vladimir) Putin bu gumanitar ko‘prik davom etishini xohlashiga ishonaman”. dedi.

2012434

Prezident Erdo’g’an Saudiya Arabistoniga jo’nab ketish oldidan Istanbuldagi Otaturk aeroportida matbuot anjumani o’tkazdi.

Erdog'an, Rossiya va Ukraina o'rtasidagi to'qnashuvlarning yanada vayronagarchilik, ko'z yoshlar va dramaga olib kelmasligi uchun katta sa'y-harakatlarni amalga oshirayotganliklarini eslatib o'tdi.

Uning ta'kidlashicha, birinchi yiliga kirmoqchi bo'lgan Qora dengiz tashabbusi allaqachon muhim diplomatik muvaffaqiyat sifatida tarixga kirgan.

Erdo’g’an, tashabbus tufayli 33 million tonnadan ortiq don mahsuloti jahon bozorlariga jo’natilganini, shu tariqa daromadi past bo’lgan ko’plab davlatlarning oziq-ovqat inqiroziga tortilishining oldi olindi.

Turkiyaning bugun tugaydigan Qoradengiz tashabbusining davom etishini ta'minlash uchun oxirgi kunlarda diplomatik faoliyatlarini faollashtirganini ifoda etgan Erdo'g'an,

Turkiyaning bugun tugaydigan Qoradengiz tashabbusining davom etishini ta'minlash uchun oxirgi kunlarda diplomatik faoliyatlarini faollashtirganini ifoda etgan Erdo'g'an,

 “Bugungi bayonotga qaramay, men Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Putin ushbu gumanitar ko‘prik davom etishini xohlayotganiga ishonaman.

Balki bu orada avgustni kutmasdan, janob Putin bilan telefon orqali qadam tashlashimiz mumkin”, dedi u.

Rossiya prezidentligi (Kreml) matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qora dengiz don koridori  kelishuvi toʻxtatilganini va tegishli shartlar bajarilganda Rossiya kelishuvga qaytishini maʼlum qildi.

Prezident Erdog’an, Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga tashrifi bilan bog’liq holda,

  Uning so'zlariga ko'ra, ularning ustuvor kun tartibi bu mamlakatlar bilan kelgusi davrda amalga oshiriladigan qo'shma investitsiya va tijorat faoliyati bo'ladi.

Ko'rfaz mamlakatlari bilan o'zaro savdo hajmi so'nggi 20 yilda 1,6 milliard dollardan taxminan 22 milliard dollarga ko'tarilganini ifoda etgan Erdo'g'an:

Ayniqsa, Islom olamidagi inqirozlar Turkiya bilan Fors ko’rfazi mamlakatlari o’rtasida yaqin maslahatlashuv va hamkorlikni taqozo etmoqda” dedi u.

Erdo'g'an, Fors ko'rfazi o'lkalariga tashrifi chog'ida Turkiyaning g'ururiga sabab bo'lgan elektr avtomobili Toggni  hamkasblariga  sovg'a sifatida berilishini ham bildirdi.

Aloqador xabarlar