Turkiya xalqaro hamjamiyatni Qur’on-i Karimni yoqish harakatlarini oldini olishga chaqirdi

Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Yasin Ekrem Serim, BMTning Inson huquqlari kengashida bo‘lib o‘tgan favqulodda yig‘ilishida ishtirok etdi.

2010249
Turkiya xalqaro hamjamiyatni Qur’on-i Karimni yoqish harakatlarini oldini olishga chaqirdi

 

Turkiya, Birlashgan Millatlar Tashkilotida (BMT) xalqaro hamjamiyatni Qur’on-i Karimni yoqish harakatlarini oldini olishga chaqirdi.

Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Yasin Ekrem Serim so‘nggi paytlarda Qur’on-i Karimni yoqish holatlari kuchayganini keskin qoralab,

“Rasmiylarning hammasini bunday xatti-harakatlarning aybdorlariga qarshi zarur choralarni ko‘rishga va bunday hodisalarning takrorlanishining oldini olishga chaqiramiz”. - dedi.

Serim BMTning Inson huquqlari kengashida bo‘lib o‘tgan favqulodda yig‘ilishida so‘z oldi va unda, oxirgi paytlarda diniy nafratning ortib borayotgani, Qur’on-i Karimning yoqib yuborilishi ham buning yaqqol namunasi ekaniga e’tibor qaratib, uni keskin qoradi. Ayni vaqtda, “Har qanday muqaddas kitobga bo‘lgan hurmatsizlik, bag‘rikenglik, ijtimoiy tinchlik va inson qadr-qimmatini hurmat qilish tushunchasiga mos kelmaydi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Serim,

“Fikr erkinligi jamiyatning poydevoridir ammo uni suiiste’mol qilib, nafrat tarqatib bo‘lmaydi. So‘z erkinligi asosida bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yish noto‘g‘ri. Shunday ekan rasmiylarning hammasini bunday xatti-harakatlarning aybdorlariga qarshi zarur choralarni ko‘rishga va bunday hodisalarning takrorlanishining oldini olishga chaqiramiz”. – deya gapirdi.

Vazir o‘rinbosari Serim, aholisining aksariyati musulmon bo‘lgan Yevropa kengashi va NATO kabi barcha G‘arb tashkilotlarining a’zosi va hamkori, shu bilan birga Yevropa ittifoqiga nomzod bo‘lgan Turkiyaning Islomga qarshi har qanday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni davom etishini bildirdi.

Din yoki e’tiqodga asoslangan nafrat va kamsitishlarga qarshi kurashish ushbu mamlakatlarning mas’uliyati ekanini ta’kidlagan Serim so‘zlari yakunida:

“Turkiya shu maqsadda barcha davlatlar bilan ikki va koʻp tomonlama hamkorlik qilishga tayyor. Nafaqat musulmonlarga, balki butun insoniyatga tahdid solayotgan nafrat harakatlariga qarshi aniq va birgalikda harakat qilish uchun barcha davlatlarni ushbu qarorni qoʻllab-quvvatlashga chaqiramiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Qur’on-i Karim , #Yasin Ekrem Serim , #NATO , #BMT

Aloqador xabarlar