Prezident Erdo‘g‘an yaqinda BAAga amaliy tashrif uyushtiradi

Mehmet Shimshek kecha poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan jurnalistlarning savollariga javob berdi.

2006882
Prezident Erdo‘g‘an yaqinda BAAga amaliy tashrif uyushtiradi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, yaqin kunlarda Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) amaliy tashrif uyushtiradi.

G‘aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek kecha poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Vitse-prezident Jevdet Yilmaz bilan BAAga uyushtirgan tashriflari haqidagi savollarga Shimshek, G‘aznachilik sifatida koordinatsiya hozircha o‘zlarida ekanini qayd etdi.

Shimshek, texnik tadqiqotlar masalasida ancha faoliyat olib borganliklariga e’tibor qaratib:

“Kelasi ikki hafta ichida faoliyatlarni yakunlaymiz. Shundan so‘ng prezidentimiz (Erdo‘g‘an) tashrif uyushtirishi mumkin. Ehtimol ana shu tashrif chog‘ida, kelishib ham olinadi”.-deya gapirdi.



Aloqador xabarlar