Erdo‘g‘an: Fikr erkinligi niqobi ostida bunga yo‘l qo‘yganlar maqsadlariga erisha olmaydı

Tunov kuni, Shvetsiya poytaxti Stokgolmda asli iroqlik Salvan Momika ismli shaxs Stokgolm jome’ masjidi oldida politsiya himoyasi ostida Qur’onni yoqib yubordi.

2005570
Erdo‘g‘an: Fikr erkinligi niqobi ostida bunga yo‘l qo‘yganlar maqsadlariga erisha olmaydı

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Shvetsiyada Qur’on-i Karimga qarshi uyushtirilgan hujumni keskin qoralab, fikr erkinligi niqobi ostida bunga yo‘l qo‘yganlar ham, bu qo‘rqoqlikka ko‘z yumganlar ham ko‘zlagan maqsadlariga erisha olmasliklarini qayd etdi.

Erdo‘g‘an, rahbarligini o‘zi yuritgan Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) tashkilotlari o‘rtasida uyushtirilgan hayitlashish dasturiga jonli aloqa orqali qatnashdi.

Unda, islom va insoniyat dushmanlari tomonidan politsiya himoyasida qo‘l urilgan provokatsiyalarga to‘xtalgan Erdo‘g‘an:

“Hayitning ilk kuni, muqaddas kitobimiz Qur’on-i Karimga qarshi Shvetsiyada uyushtirilgan jirkanch hujum shulardan biridir. Bu jinoyatga qo‘l urganlar kabi, fikr erkinligi niqobi ostida bunga yo‘l qo‘yib, bu pastkashlikka ko‘z yumganlar ham ko‘zlagan maqsadlariga erisha olmaydi. Turkiya sifatida provokatsiya siyosatiga ham, tahdid siyosatiga ham bosh egmasligimiz bilinishini istardim”. - dedi.

Terror tashkilotlari va islomofobiyaga qarshi munosib tarzda kurash olib borishni davom etishlarini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Musulmonlar qadriyatiga haqorat qilish, fikr erkinligi emasligini bir kun kelib mutlaqo g‘arblik takabburlik obidalariga oʻrgatamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Eslatib oʻtamiz:

Tunov kuni, Shvetsiya poytaxti Stokgolmda asli iroqlik Salvan Momika ismli shaxs Stokgolm jome’ masjidi oldida politsiya himoyasi ostida Qur’onni yoqib yuborgandi.



Aloqador xabarlar