Rossiyalik jurnalist Erdo‘g‘an haqida hujjatli film tayyorladi

Rossiyalik jurnalist va TASS axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari Mixail Gusman Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an haqida hujjatli film tayyorladi.

2001940
Rossiyalik jurnalist Erdo‘g‘an haqida hujjatli film tayyorladi
Mihail Gusman-Erdogan belgesel1.jpg
Mihail Gusman-Erdogan belgesel.jpg

 

Rossiyalik jurnalist va TASS axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari Mixail Gusman Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an haqida hujjatli film tayyorladi.

Gusmanning TASS va “Rossiya-24” telekanali tomonidan tayyorlangan hujjatli filmi Turkiyaning Moskvadagi elchixonasida namoyish etildi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko, Turkiyaning Moskvadagi elchisi Mehmet Samsar, TASS bosh direktori Sergey Mixaylov, xorijiy davlatlarning diplomatik vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Erdog'an bilan avval 4 marta intervyu o’tkazgan  rossiyalik jurnalist Gusmanning "Formula Vlasti" (Kuch formulasi) dasturi doirasida tayyorlangan hujjatli filmida, Erdo'g'anning bolaligidan buyon hayoti, siyosatdagi yuksalishi, muvaffaqiyatlari va boshqaruv davridagi xizmatlari avvalgi suhbatdan bo'limlar bilan so'zlab berildi.

Hujjatli filmda Prezident Erdog'an, yaqinda Turkiya Respublikasi Aloqa boshqarmasi koordinatsiyasida  Erdo’g'anning fikrlari rus tiliga tarjima qilingan "Adolatli dunyo mumkin" nomli kitobidan muhim so'zlar bilan diqqatni tortdi.

Namoyishdan keyin so‘zga chiqqan Gusman shunday dedi:

“Prezident Erdog’an buyuk siyosatchi, Turkiya shunday liderga ega bo’lgani uchun baxtli davlat. U shunchaki buyuk siyosatchi emas, u buyuk shaxs, buyuk xarizma. Zamonaviy dunyoni tushunadigan juda yuqori darajali, strategik fikrlaydigan siyosatshunos. Erdo‘g‘anning bugungi kunda yetakchi sifatidagi roli nafaqat Turkiyada, balki dunyoda ham nihoyatda muhim”.

Hujjatli filmning oxirgi 2 kun ichida davlat telekanallarida ikki marta namoyish etilganini va millionlab odamlarga erishilganini qayd etgan Gusman, “Erdog'anni rus tomoshabinlariga taqdim etish juda muhim.

Afsuski, ular Turkiya va Rossiyadagi dunyo yetakchilarini, hatto qo‘shni davlat rahbarlarini ham yaxshi bilishmaydi. Turkiya bizning qo'shnimiz, ko'p yillik hamkorimiz.

  Prezident Erdog’an uzoq yillardan beri hokimiyatda. Uning to‘liq portretini berish va u haqida gapirib berish juda muhim”.

Gusman, iloji bo'lsa Erdo'g'andan  5-marta intervyu olmoqchi ekanligini aytib, turk xalqiga chuqur hurmatini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar