Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Jazoir prezidenti tomonidan taqdirlandi

Turkiya Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O‘zdemir Go‘ktash "Jazoir Milliy xizmatlari uchun birinchi darajali" orden bilan taqdirlandi.

2001794

Vazir Go’ktash Twitter’dagi sahifasida mavzu haqida ma’lum qildi.

Jazoirning sobiq elchisi bo’lgan vazir, Jazoir Prezidenti Abulmejid Tebbun bilan tushgan fotosuratini namoyish qildi.

“Jazoir Prezidenti janob Abdulmejid Tebbun tomonidan mamlakat tarixida birinchi marta elchiga topshirilgan Birinchi darajali “Djadir” Milliy xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlanish men uchun katta sharafdir” deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.

Vazir, shuningdek, Jazoir Prezidentiga vakolat muddati davomida ko'rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O‘zdemir Go‘ktashni ushbu sharafli mukofotga loyiq deb topilgani munosabati bilan tabrikladi.

Mahinur O‘zdemir Go’ktash 2020-yilda Turkiya Respublikasining Jazoirdagi elchisi etib tayinlangan edi.

Aloqador xabarlar