Turkiya Tsyurixda Erdo'g'anga nisbatan provokatsiyaga munosabat bildirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'anga qarshi Shveytsariyaning Tsyurix shahrida uyushtirilgan provokatsion harakatlarga Prezidentlik Aloqa Boshqarmasi keskin munosabat bildirdi.

2000473

Aloqa boshqarmasi, Tsyurixda Prezident Erdog'anga qarshi (bo'lginchi terror tashkiloti PKK tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan) provokatsion harakatlar tufayli ijtimoiy media hisobi orqali bayonot berdi.

Bayonotda Prezident Erdog'an va Turkiya bayrog'ini nishonga olgan qabih harakatlar qoralandi. Hujum hech qanday tarzda qabul qilib bo'lmas ekani ta'kidlandi.

Voqea yuzasidan Shveytsariyadan zudlik bilan tergov boshlangani, jinoyatchilarni aniqlash va tezkorlik bilan zarur chora-tadbirlar ko'rish talab qilingani qayd etildi.

Bayonotda,

"Biz tegishli idoralarimiz, xususan Tashqi ishlar vazirligimiz orqali voqeani kuzatishda davom etamiz. Shveytsariyadan terror tashkilotlarining bunday xunuk hujumlari va qora tashviqot harakatlariga yo'l qo'ymasligini kutamiz".

Aloqador xabarlar