Prezident Erdog’an Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar bilan uchrashdi

Erdog’an keyinroq Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar bilan uchrashdi. Prezidentlik saroyida Erdo’g’an va Tatar o’rtasidagi yakkama-yakka uchrashuv taxminan 1 soat davom etdi.

1998633
Prezident Erdog’an  Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar bilan uchrashdi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, rasmiy ziyorat bilan borgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SKTR)dagi uchrashuvlari doirasida Lefkoşadagi Otaturk yodgorligini ziyorat qildi va gulchambar qo’ydi.

Prezidentlikka qayta saylanganidan keyin ilk xorij ziyorati uchun Shimoliy Kipr Turk Respublikasining poytaxti Lefko’shaga borgan Erdog'an, Otaturk haykalini ziyorat qildi.

Yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib, yodgorlik kitobiga imzo chekkan Prezident Erdo‘g‘an, o‘zini kutgan fuqarolarni qutladi.

Erdog’an keyinroq Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar bilan uchrashdi.

Prezidentlik saroyida Erdo’g’an va Tatar o’rtasidagi yakkama-yakka uchrashuv taxminan 1 soat davom etdi.

Yig’ilishda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Unal Ustel bilan Energiya va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar ham ishtirok etdi.

Prezident Erdog’an ertaga Ozarbayjonga ham tashrif buyuradi.

Prezident Ilhom Aliyev bilan yakkama-yakka va hay’atlararo uchrashuvlar o’tkazadigan Erdog’an, o’zaro aloqalar va hamkorlik sohalarini rivojlantirish uchun tashlanadigan qadamlarni muhokama qiladi.

Uchrashuvlarda mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashiladi.



Aloqador xabarlar