Erdo'g'an Mehmet Shimshekni moliya vaziri etib tayinladi

Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an mamlakat hukumati tarkibini qisman o’zgartirdi.

1995746
Erdo'g'an Mehmet Shimshekni moliya vaziri etib tayinladi

 

Uchinchi marta davlat rahbari etib saylangan Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an mamlakat hukumati tarkibini qisman o’zgartirdi.

Shunday qilib, mamlakatni og‘ir iqtisodiy vaziyatdan olib chiqish vazifasi turgan bir paytda xalqaro obro‘ga ega bo‘lgan yetuk iqtisodchi Mehmet Shimshek moliya vaziri etib tayinlandi.

Shimshek 2009-2015 yillarda Turkiya moliya vaziri bo‘lgan. Shundan so‘ng u mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bugungi kunda Turkiyadagi asosiy muammolardan biri yuqori inflatsiyadir. Shu bilan birga, mamlakat Markaziy banki foiz stavkasini oshirish o‘rniga uni pasaytirdi. Bu qaror ortida o‘zini “foizlar dushmani” deb atagan Erdo‘g‘an turibdi.

Turkiya xorijdan sotib olgan tovarlar va xomashyolar shu fonda qimmatlashdi. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, agar shunday yo‘nalish saqlanib qolsa, mamlakat valuta zaxiralari tugab qolgani uchun iqtisodiy zarbalarga duch keladi.

Erdo‘g‘an tashqi ishlar vaziri lavozimiga xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Xoqon Fidanni tayinladi. Ayni vaqtda Bosh shtab rahbari Yasar Guler mudofaa vaziri lavozimini qabul qilib oldi. Istanbulning sobiq gubernatori Ali Yerlikaya Ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar etib tayinlandi.

Eslatib o’tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 28 may kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida muxolifat nomzodi Kemal Kilichdaro‘g‘lini mag‘lub etgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Mehmet Shimshek , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar