Prezident Erdoʻgʻan saylovning ikkinchi bosqichi uchun Istanbulda ovoz berdi

Turk siyosiy tarixida birinchi marta boʻlib oʻtayotgan Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi uchun ovoz berish ishlari, mamlakat boʻylab mahalliy vaqt bilan soat 08:00’da boshladi.

1991919
Prezident Erdoʻgʻan saylovning ikkinchi bosqichi uchun Istanbulda ovoz berdi
kılıçdaroğlu.png

Turk siyosiy tarixida birinchi marta boʻlib oʻtayotgan Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi uchun ovoz berish ishlari, mamlakat boʻylab mahalliy vaqt bilan soat 08:00’da boshladi.

Turkiyani 5 yil boshqaruvchi prezidentni aniqlash maqsadida uyushtirilgan saylovda, 14-maydagi ilk bosqichda eng koʻp ovoz olgan Jumhur ittifoqi nomzodi Rejep Tayyip Erdoʻgʻan bilan Millet ittifoqi nomzodi Kemal Kilichdaroʻgʻlu yorishadi.

Xorijdagi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan taxminan 3,5 million saylovchi uchun dunyoning 73 mamlakatidagi 151 vakolatxonada 167 ta nuqtada saylov qutilari komissiyalari tuzilgan.

Unda ovoz berish ishlari 24-may kuni oʻz nihoyasiga yetdi. Xorijda foydalanilgan saylov byulletenlari samolyotlar va diplomatik kuryerlar orqali Turkiyaga olib kelindi.

Poytaxt Anqarada, Xorijiy okrug saylov kengashida saqlanayotgan ovozlar bugun mamlakat boʻylab ovoz berish jarayoni yakunlanganidan keyin boshqa ovozlar bilan birga ochilib, sanaladi.

Xorijda boʻlishiga qaramay ovoz bera olmagan fuqarolarning bojxona eshiklarida ovoz berish jarayonlari esa Turkiyada boʻlganidek soat 17.00gacha davom etadi.

Ayni paytda Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan bilan rafiqasi Emine Erdoʻgʻan Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida Istanbulda ovoz berdi.

Millet ittifoqining prezident nomzodi va Jumhuriyat Xalq partiyasi raisi Kemal Kilichdaroʻgʻlu bilan rafiqasi Selvi Kilichdaroʻgʻlu esa prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi uchun poytaxt Anqarada ovoz berdi.

Oliy Saylov kengashi raisi Ahmet Yener ham, Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi uchun poytaxt Anqarada ovoz berdi. Ortidan bergan bayonotida, bugungi saylovning 14-may kuni boʻlib oʻtgan birinchi turga qaraganda ertaroq natija berishi mumkinligini ifoda etdi.



Aloqador xabarlar