Chavusho’g’li: "Suriyaliklar o’z vataniga qaytariladi"

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Suriyaliklarning xavfsiz va insoniy tarzda o’z mamlakatlariga yuborilishi kerakligini, Turkiyaning ham shunday qilganini bildirdi.

1990539
Chavusho’g’li: "Suriyaliklar o’z vataniga qaytariladi"

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Suriyaliklarning xavfsiz va insoniy tarzda o’z mamlakatlariga yuborilishi kerakligini, Turkiyaning ham shunday qilganini bildirdi.

Chavusho’g’li Antaliyaning Kepezida  fuqarolarga murojaat qildi.

Turkiyaning bugungi kunda keng bir geografiyaga yoyilgan global aktyor ekanligini ta'kidlagan Chavusho'g'li, urushlar va to'qnashuvlar sodir bo'lgan mintaqada o'lkaning Prezident Rejep Tayyip Erdo'g'an rahbarligida barqaror yo'lida davom etayotganini ta'kidladi.

“Dunyo 5 dan katta” deb yangi tartib o’rnatish ustida ishlayapmiz”. Chavusho'g'li deydi

Chunki bu tartib yetarli emas, dunyoning umid va muammolariga yechim emas, muammolarni hal qila olmaydi, inqirozlarni yengib chiqa olmaydi, insoniyatning umidlarini oqlay olmaydi”. dedi.

Butun dunyoda ulug'vor Turk bayrog'ini hilpiratayotganliklarini ta'kidlagan Chavusho'g'li,

“Terrorizmga qarshi dunyoni toraytiruvchi Turkiya, urush va mojarolarda esa tinchlik uchun vositachi  ham Turkiyadir.

Buyuk Turk dunyosini Turk Davlatlari Tashkiloti soyaboni ostida birlashtirgan Turkiyadir. Dunyoning qayerida bo'lmasin, o'z qarindoshlarini himoya qiladigan Turkiyadir" dedi.

Turkiyaning dunyoda tinchlik va osoyishtalik uchun vositachilik namunasini ko'rsatganini ifoda etgan Chavusho'g'li, Rossiya, Eron, Suriya va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Rossiyaning poytaxti Moskvada bir joyga to'planganini aytdi.

U Suriyadagi muammoni yengish va Suriyaliklarni xavfsiz hududlarga qaytarish uchun kurashayotganliklarini eslatdi.

Suriyadagi terrorning tozalanishi va Turkiyadagi suriyaliklarning o'z mamlakatlariga eson-omon qaytishi kerakligini ta'kidlagan Tashqi ishlar vaziri.

 “Ha, (suriyaliklarni) yuboraylik, lekin insonparvarlik bilan. Turkga yarasha qilib yuboraylik” dedi. u

 



Aloqador xabarlar