Erdo‘g‘an Türkevi (Turk uyi)ga qarshi uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi

Prezident Erdo‘g‘an Istanbuldagi yig‘ilishida Türkevi (Turk uyi)ga qarshi uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi.

1989855
Erdo‘g‘an Türkevi (Turk uyi)ga qarshi uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Türkevi (Turk uyi)ga qarshi uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi.

Prezident Erdo‘g‘an Istanbuldagi Buyuk Rimeli yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Unda, Nyu-Yorkdagi Türkevi (Turk uyi)ga qarshi uyushtirilgan hujumni qoralagan Erdo‘g‘an:

“Afsuski, bular (G‘arb davlatlari) qotillarga yo‘l ochib, yordam berishdi. Musulmonlar va turklarning hayoti haqida gap ketganida, ular zulmga monelik qilish o‘rniga har doim uch maymun o‘yinini o‘ynaydilar. Yevropada PKK ishi yomonlashganini ko‘rib, saylovchilarga hujum qila boshladi. Kamiga, AQShdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarshisidagi Türkevi (Turk uyi)ga hujum qilishdi, derazalarini sindirishdi”.-dedi.

Erdo‘g‘an AQSh rasmiylariga murojaat qilib:

“Türkevi (Turk uyi) sizga omonat. Bu terroristni topishingiz kerak”,-deya gapirdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu ham ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali qoldirgan postida, yuqorida nomi tilga olingan hujumni qoraladi.

Hujumni “jirkanch” deb ta’riflagan Chavusho‘g‘lu, aybdorlarning tezlik bilan aniqlanishini tiladi.

 



Aloqador xabarlar