Erdo‘g‘an suriyaliklarni o‘z yurtlariga qaytarish masalasiga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) ning mushtarak dasturida kun tartibidagi savollarga javob berdi.

1989625
Erdo‘g‘an suriyaliklarni o‘z yurtlariga qaytarish masalasiga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an suriyaliklarni o‘z yurtlariga qaytarish uchun loyihalar ustida ish olib borayotganliklarini bildirib, mavzu haqida:

“Bizda 1 million muhojirni u yerlarga qaytarishni ko‘zlagan rejalarimiz bor”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) ning mushtarak dasturida kun tartibidagi savollarga javob berdi.

Erdo‘g‘an ichki urushdan qochib, Turkiyada jon saqlayotgan suriyaliklarni o‘z yurtiga xavfsiz ravishda qaytarish uchun faoliyatlar olib borilayotganini ta’kidladi.

Ularning xavfsiz ravishda qaytishi uchun Suriya shimolida briket uylar qurganliklari va bugungi kungacha 560 ming Suriya fuqarosi o‘z yurtiga qaytganini yodga solgan Erdo‘g‘an:

“Yana 1 million muhojirni u yerlarga qaytarishni ko‘zlagan rejalarimiz bor. Albatta, bu vaqt o‘tishi bilan amalga oshadi. Suriyaliklarni o‘z yurtiga xavfsiz muhitda qaytishini ta’minlashga harakat qilamiz”.-dedi.

Chegaralarning eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlanganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Turkiya chegaralari har qachongidan ham xavfsiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Suriya shimolidagi Turk askarlarining o‘z xizmatlarini davom ettirishiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an so‘zlari davomida:

“Askarlar Suriya shimolidagi xizmatini to‘xtatsa unda ham xavflar ham da qochqinlar soni ortadi”.-deya gapirdi.

PKK terror tashkilotiga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borilayotganini ham ifoda etgan prezident:

“PKK va uning qanotlariga qarshi mamlakatda va chet elda kurash olib borishni davom ettirishda qarorimiz qat’iydir. Biz ular inlarini yer bilan yakson qildik. Uni hozir bo‘lganidek, bundan keyin ham davom etamiz”.-dedi.

 



Aloqador xabarlar