Turkiya terrorga qarshi kurashini qat’iylik bilan davom ettiradi

Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Suriya shimolida 6 nafar terroristning  yo’q qilinganini  ma’lum qildi.

1989002
Turkiya terrorga qarshi kurashini qat’iylik bilan davom ettiradi

 

Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Suriya shimolida 6 nafar terroristning  yo’q qilinganini  ma’lum qildi.

Akar, Istanbulda bo'lib o'tgan terrorizmga qarshi kurash va Suriya konferentsiyasida so'zlagan nutqida:

  Buyuk va qudratli Turkiya oldidagi eng katta to’siqlardan biri bo’lgan terrorga qarshi kurashning qat’iylik bilan davom etayotganini bildirdi.

Askarlarning Iroq va Suriya shimolidagi terroristlar "kirish mumkin emas" degan joylariga kirib, "borolmayman" degan joylarga chiqib ketganliklarini ifoda etgan Akar, terroristlarning    inlariga kirib boshpanalarini vayron qilishda davom etayotganini ta'kidladi. .

Oxirgi terrorist ta'sirsiz holga keltirilmaguncha terrorga qarshi kurash to'xtamasligini ta'kidlagan Akar,

" Turk askari  terroristlarni o'zlari qazgan chuqur va g'orlarga ko'mishda davom etmoqda. 2015 yilning 24 iyulidan beri 37 860 terrorist yo’q qilindi.

 “Firat qalqoni” operatsiya zonasida (Suriya shimolida) yana 6 nafar terrorchi yo’q qilindi ”, dedi u.

Iroqning shimolidagi terror nishonlariga qarshi boshlatilgan Panja seriyali amaliyotlar katta qat'iyat bilan davom etganini ta'kidlagan Akar,

  Gara, Zap, Hakurk, Metina va Avashin Basiyanda terror uyalari birin-ketin vayron qilinganini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar