MİT tomonidan Suriyada uyushtirilgan operatsiyada 4 nafar terrorist qo'lga olindi

Milliy Razvedka Tashkiloti (MIT) tomonidan Suriyada uyushtirilgan operatsiyada, DEASHning Turkiyadagi sobiq gubernatori deb atalgan qizil toifada qidiruvda bo'lgan Shahap Varish ham bo'lgan 4 nafar terrorist qo'lga olindi.

1985068

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, MITning Suriyadagi amaliyotlari davomida 4 nafar terroristning  joyi aniqlandi.

Amalga oshirilgan  faoliyatlar  natijasida qo'lga olingan terroristlar xavfsizlik bo'linmalariga topshirildi.

Qo'lga olingan terroristlardan birining qizil toifada qidiruvda bo'lgan sobiq Turkiya gubernatori deb atalgan  Shahap Varish ekanligi aniqlandi.

Varishning Turkiyada DEASH tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan va xavfsizlik kuchlari tomonidan oldini olgan ko'plab terror harakatlari bilan bog'liqligi aniqlandi.

Tanlangan kalimalar: #Shahap Varish , #Terrorist , #214 nafar , #DEASH , #Suriya , #MİT

Aloqador xabarlar