Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmaydi

Bu haqda 8 may kuni mamlakat Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li mahalliy telekanalga bergan intervyusida ma’lum qildi.

1984523
Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmaydi

 

Turkiya AQSH va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi bir tomonlama sanksiyalariga qo‘shilmaydi.

Bu haqda 8 may kuni mamlakat Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li mahalliy telekanalga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz AQSH va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi joriy qilgan bir tomonlama sanksiyalariga qo‘shilmaymiz. Biz o‘z manfaatimiz va farovonligimizdan kelib chiqamiz. Shu bilan birga  Montryo konvensiyasi qoidalarining bajarilishini diqqat bilan kuzatib boramiz”, deydi Turkiya Tashqi ishlar vaziri. 

Shuningdek, Chavusho‘g‘li Turkiya prezidentligiga Millat Ittifoqidan ko‘rsatilgan nomzod Kemal Kilichdaro‘g‘lini tanqid qilgan. Gap shundaki, Kilichdaro‘g‘li BBC’ga bergan intervyusida agar u hokimiyatga kelsa, Kreml bilan emas, balki G‘arb bilan aloqalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berishini aytgan.

“Xo‘sh, esingizdami, mitinglardan birida u butunlay boshqacha gaplar aytgandi. U Turkiya va Rossiya munosabatlariga hech narsa tahdid solmasligini ta’kidlagandi. Uning bayonotlarida bir-biriga zid”, deya qo‘shimcha qilgan Chavusho‘g‘li.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #Turkiya

Aloqador xabarlar