Mevlud Chavusho’g’li, Moskvada bo’lib o’tadigan To’rt tomonlama sammitni baholadi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Rossiyaning poytaxti Moskvada bo’lib o’tadigan To’rt tomonlama sammitda Turkiyadagi Suriyalik qochqinlarning o’z mamlakatlariga xavfsiz qaytishi va buning uchun zarur zamin tayyorlash kabi mavzular muhokama qilin

1984239
Mevlud Chavusho’g’li, Moskvada bo’lib o’tadigan To’rt tomonlama sammitni baholadi

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Rossiyaning poytaxti Moskvada bo’lib o’tadigan To’rt tomonlama sammitda Turkiyadagi Suriyalik qochqinlarning o’z mamlakatlariga xavfsiz qaytishi va buning uchun zarur zamin tayyorlash kabi mavzular muhokama qilinishini bildirdi.

Vazir Chavusho'g'li bir telekanalda kun tartibini baholadi:

Chavusho’g’li, 10-may kuni Moskvada Turkiya, Rossiya, Eron va Suriyadagi Asad rejimi o’rtasida tashqi ishlar vazirlari darajasidagi to’rt tomonlama sammitga to’xtalib o’tdi.

Bu yig’ilishda asosiy e’tibor Suriya bo’lishini va Turkiyadagi Suriyalik qochqinlarning xavfsiz o’lkalariga qaytishi va buning uchun zarur zamin tayyorlash kabi mavzular muhokama qilinishini bildirdi.

Vazir Chavusho’g’li, Turkiyadagi Suriyalik qochqinlarning eson-omon qaytarilishi kerakligini va buning uchun harakat qilayotganliklarini bildirdi.

550 ming Suriyalik qochqinning Turkiya terrordan tozalagan Suriya shimolidagi hududlarga qaytganini eslatgan Chavushog'lu,

  Uning qayd etishicha, qolgan qochqinlarni yuborish uchun Asad rejimi, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik qilish zarur.

Mavlud Chavusho’g’li, imkoniyatlar yaratilgani sari bir reja doirasida Suriyalik qochqinlarning insoniy tarzda o’z mamlakatlariga qaytarilishi kerakligini ta’kidladi.

Asad rejimining avvalroq Suriyaliklarning o'z yurtlariga qaytishi uchun amnistiya e'lon qilganini eslatgan Chavusho'g'li, bu qaytish jarayonining BMT bilan hamkorlikda va shaffof tarzda amalga oshirilishi kerakligini bildirdi.

 “Rejim, odatda, Suriyaliklarning qaytishini istaydi, ammo hozir Suriyaliklarning qaytishi uchun hayot xavfsizligi va ularning ehtiyojlari qondiriladimi yoki yoʻqmi degan masala bor.

  Ayni damda rejim ularning ehtiyojlarini  qondirishga qodir emas”. deya  o‘z bahosini berdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar