Chavusho’g’li, Moskvada tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi 10- may kuni bo’lib o’tadi dedi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Rossiyaning poytaxti Moskvada Turkiya, Rossiya, Eron va Suriyadagi Asad rejimi o’rtasida tashqi ishlar vazirlari darajasida bo’lib o’tadigan yig’ilish uchun 10 may  kuni  tasdiqlanganligini ma’lum qildi.

1983316
Chavusho’g’li, Moskvada tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi 10- may  kuni bo’lib o’tadi dedi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Rossiyaning poytaxti Moskvada Turkiya, Rossiya, Eron va Suriyadagi Asad rejimi o’rtasida tashqi ishlar vazirlari darajasida bo’lib o’tadigan yig’ilish uchun 10 may  kuni  tasdiqlanganligini ma’lum qildi.

Bir telekanalning jonli efirida Suriya bilan bog'liq o'zgarishlarga to'xtalgan Chavusho'g'li, yig'ilishga faqat Erondan kimlar qatnashishi aniq emasligini aytdi.

 Uning ta'kidlashicha, Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon Eron Prezidenti Ibrohim Raisi bilan Afrikaga borsa, boshqa bir rasmiy Moskvaga boradi.

Arab dunyosining Asad rejimi bilan aloqalari ko'chirilgan suriyaliklarning o'z mamlakatlariga qaytishi uchun muhim ekanini tilga olgan Chavusho'g'li,

biroq u ko'pchilik davlatlar Asad rejimining Arab Ligasiga qaytishiga hech narsa bo'lmagandek bo'sh chek berishni istamasligini bildirdi.

Chavusho’g’li so’zlarini quyidagicha davom ettirdi:

"Rejimning siyosiy jarayon bilan bog'liq qadam tashlashini xohlaydilar. Bu Suriyani birlashtirish yo'lidir. Aks holda YPG/PKK terror tashkiloti yanada kuchayadi.

  U mashg‘ulot o‘tayapti, qurol olmoqda. Bu bizning ittifoqdoshimiz Amerika Qo'shma Shtatlari. Kelajakda bu juda murakkab va qiyin  bir masala  bo'ladi”.

Chavusho’g’li, Asad rejimining siyosatlariga e’tibor qaratgan holda, “

"Suriya maʼmuriyati bu savolga aniq javob berishi kerak. Hali ham harbiy yechimga ishonasizmi yoki siyosiy yechim mumkinmi? Bu ikkisi oʻrtasida oʻrta yoʻl yoʻq.

Harbiy yechim bo'lishi mumkin emas. Agar ma'muriyat siyosiy yechim tarafdori bo'lsa, ehtimol  ortadi. Agar u yo'q desa, nima bo'lishidan qat'iy nazar, men hamma bilan kurashishda davom etaman desa , bu  o'nlab yillar davom etar.

Keyin Suriyaning boʻlinishi, odamlarning koʻchib ketish xavfi bor, chunki ichkaridagi iqtisodiy vaziyat unchalik yaxshi emas”, dedi u.



Aloqador xabarlar