Erdo’g’an yangi milliy jangovar samolyotning nomi “KAAN” ekanligini aytdi

Poytaxt Anqarada “Kelajak asri” targ’ibot dasturida so’zga chiqqan Erdog’an, so’nggi oylarda mudofaa sanoatida katta g’urur borligini ta’kidladi.

1981405
Erdo’g’an yangi milliy jangovar samolyotning nomi “KAAN” ekanligini aytdi

 

Prezident Erdo’g’an, Milliy jangovar samolyotning nomi “KAAN” ekanligini ma’lum qildi.

Poytaxt Anqarada “Kelajak asri” targ’ibot dasturida so’zga chiqqan Erdog’an, so’nggi oylarda mudofaa sanoatida katta g’urur borligini ta’kidladi.

“Biz hozir quruqlikda, dengizda va dengiz ostida, havoda, kosmosda har bir sohadamiz.

Mudofaa sanoatida mahalliylashtirish darajasini 20 foizdan 80 foizga oshirganliklarini tushuntirgan Prezident, dedi.

Bugun Gazi Mustafo Kamol “Kelajak osmonda” deya ishora qilgan kelajak timsoli boʻlgan natijalarga erishdik”. dedi

Millatning joniga qasd qilgan qonli terror tashkilotlarining hech biriga nafas olishiga yo'l qo'ymaganliklarini ta'kidlagan Erdo'g'an:

“Kelgusi davrda xavfsizlik kuchlarimiz bilan terror tashkilotlari uyasini yo’q  qilishni davom ettiramiz” dedi.

Milliy jangovar samolyotning nomi KAAN ekanligini e’lon qilgan Prezident,

Turkiya kuchayib borar ekan, mintaqamizda va dunyoda tinchlik, adolat va tenglikning ildiz otganini birga ko’ramiz” dedi u.

Mahalliy reaktiv samolyot Hurjet tez orada Harbiy havo kuchlari inventariga qo'shilishi va TCG Anadolu kemasiga joylashtirilishini qayd etgan Erdo'g'an.

  Uning so‘zlariga ko‘ra, Hurjet F-16 samolyotlarini Turkiyaning o‘zi ishlab chiqargan qurol va radarlar bilan jihozlash orqali qisman  o’rnini olishi mumkin dedi.

KAANning tez orada uchishini ta'kidlagan Erdo'g'an:

“Tasavvur qiling , samolyot dushmanga ko‘rinmay, inlariga kiradi.

U o'z bazasiga kelgani kabi jimgina qaytadi.

Bir necha yil ichida biz barcha testlarni yakunlaymiz va ularni inventarizatsiyaga topshiramiz. Biz bu turni ishlab chiqaradigan dunyoning 5 ta davlatidan biri bo'lamiz” dedi.

 

 



Aloqador xabarlar