Mevlut Chavushoʻgʻlu: “Rossiya-Ukraina urushida Tinchlik umidi Turkiya!”

Chavushoʻgʻlu ijtimoiy tarmoq orqali, Turkiyaning 2022-yilning 24-fevralidan beri davom etayotgan urush haqidagi tashabbus va sa’y-harakatlariga e’tibor qaratdi.

1981057
Mevlut Chavushoʻgʻlu: “Rossiya-Ukraina urushida Tinchlik umidi Turkiya!”

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, “Rossiya-Ukraina urushida Tinchlik umidi Turkiya!” degan nom ostida qoldirgan postida, Turkiya sa’y-harakatlari bilan global oziq-ovqat inqirozining oldi olinganini ta’kidladi.

Chavushoʻgʻlu Twitter hisobi orqali, “Rossiya-Ukraina urushi: Turkiya sa’y-harakatlari, tadbirkorlik, insonparvarlik va samarali tashqi siyosatimiz”,-degan soʻzlari bilan Turkiyaning 2022-yil 24-fevraldan beri davom etayotgan urush haqidagi tashabbus va sa’y-harakatlariga e’tibor qaratdi.

Chavushoʻgʻlu, urush boshlashi ortidan ikki davlat tashqi ishlar vazirlarini birinchi marotaba Antaliya Diplomatiya forumida uchrashtirganliklarini bildirdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan huzurida muzokara hay’atlariga Istanbulda mezbonlik qilganliklarini yodga solgan Chavushoʻgʻlu oʻz soʻzida, “Istanbul don kelishuvini Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan yoʻlga qoʻydik. Global oziq-ovqat inqirozining oldini oldik”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Chavushoʻgʻlu, Ukraina bilan Rossiya oʻrtasida mahbuslar almashinuvini ham chetda qoldirmaganliklari hamda Rossiya va Xalqaro atom energiyasi agentligi oʻrtasidagi aloqalarni ham qulaylashtirganliklarini ifoda etdi.

Mevlut Chavushoʻgʻlu, Montryo Konventsiyasini puxtalik bilan yoʻlga qoʻyganliklariga ham e’tibor qaratdi.



Aloqador xabarlar