Jabbarov Samsunda «Togg»ni haydab koʻrdi

Mikayil Jabbarov, Turkiya bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi savdo shartnomasi uchun Samsunga tashrif buyurdi.

1981091
Jabbarov Samsunda «Togg»ni haydab koʻrdi
Mikayil Cabbarov-Mus togg1.jpg
Mikayil Cabbarov-Mus togg.jpg

Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabbarov Samsunda, Turkiyaning mahalliy avtomobili «Togg»ni haydab koʻrdi.

Savdo vaziri Mehmet Mush, Turkiya bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi savdo shartnomasi uchun Samsunga tashrif buyurgan Jabbarovni, Bandirma tumanidagi kema muzeyiga olib bordi.

Jabbarov u yerda Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafa Kemal Ataturkning namoyish etilgan eksponatlari bilan yaqindan tanishdi.

Keyinroq «Togg»ning ruliga oʻtirgan Jabbarovning yoniga Turkiya Savdo vaziri Mehmet Mush oʻtirdi va Jabbarov mashinani haydab koʻrdi.


Tanlangan kalimalar: #Samsun , #Ataturk , #Mehmet Mush , #Mikayil Jabbarov , #Togg

Aloqador xabarlar