Hulusi Akar terrorizmga qarshi kurashda Zap, Gabar va Garaga e’tibor qaratdi

Hulusi Akar, Kayserida uyushtirilgan tadbirlardan birida soʻzlagan nutqida, terrorga qarshi kurashga toʻxtaldi.

1981077
Hulusi Akar terrorizmga qarshi kurashda Zap, Gabar va Garaga e’tibor qaratdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar terrorizmga qarshi kurashda Zap, Gabar va Garaga e’tibor qaratdi.

Hulusi Akar, Kayserida uyushtirilgan tadbirlardan birida soʻzlagan nutqida, terrorga qarshi kurashga toʻxtaldi.

Hulusi Akar PKK/YPG, FETO va DEASh bosh boʻlish bilan birga terror tashkilotlari bor ekan unga qarshi kurash ham qarorlilik bilan davom etishini bildirdi. Shu bois ham terroristlarning vahima ichida ekanliklarini qayd etdi.

Turk askarlari terroristlarga imkon bermasligini ifoda etgan Akar,

“Turk askarlari hozirda Zap, Gabar va Garada terroristlarni kuzatmoqda. Ularning boshpanalari vayron qilindi, vayron qilish yana davom etiladi”.-dedi.

Terroristlar “kirish-chiqish imkonsiz” degan har bir nuqtaga Turk askarlari kirganini ifoda etgan Akar, Suriya shimolida terroristlar qurishga uringan terror yoʻlaginining Turk askarlari tomonidan parchalab tashlaganini yodga soldi.

Turkiyaning Iroq va Suriya doxil har bir qoʻshnisining mustaqillik haq-huquqi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishini bildirgan Akar:

“Terroristlar oldida ikkita yoʻl bor. Shunga koʻra ular yo yoʻq boʻladilar yoki adolatga taslim boʻlishadi. Buning boshqa yoʻli yoʻq”.-deya gapirdi.



Aloqador xabarlar