Hulusi Akar Turkiyadagi suriyaliklar o'z vataniga qaytarilishini aytdi

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Turkiya-Rossiya-Suriya va Eron o'rtasidagi to'rt tomonlama muzokaralar ertaga Rossiya poytaxti Moskvada o'tkazilishi rejalanganini ma'lum qildi.

1978502
Hulusi Akar Turkiyadagi suriyaliklar o'z vataniga qaytarilishini aytdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Turkiya-Rossiya-Suriya va Eron o'rtasidagi to'rt tomonlama muzokaralar ertaga Rossiya poytaxti Moskvada o'tkazilishi rejalanganini ma'lum qildi.

28 dekabr kuni Moskvada Turkiya-Rossiya va Suriya mudofaa vazirlari hamda razvedka boshliqlari ishtirokida uch tomonlama yig’ilish o’tkazilganini eslatgan Hulusi Akar muzokaralarni davom ettirishga kelishib olinganligini ma’lum qildi.

“Keyingi muzokaralarda Eronning ushbu uchrashuvlardagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi. Bu tegishli idoralar tomonidan tasdiqlangan. Bu uchrashuvning davomi sifatida bu safar to‘rtlik sifatida mudofaa vazirlari va razvedka boshliqlari ishtirok etadigan yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ushbu uchrashuv 25 aprel kuni Moskvada o'tkazilishi rejalashtirilgan. Maqsadimiz bu yerdagi muammolarni muzokaralar yo‘li bilan hal etish va imkon qadar tezroq mintaqada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashdir”,-deydi Hulusi Akar.

Munosabatlar o'zaro hurmat doirasida davom etayotganini ifoda etgan Akar, “Uchrashuvdan keyin ijobiy o'zgarishlar bo'lishini kutib qolamiz. Biz Turkiya vazirligi sifatida mintaqa tinchligiga hissa qo’shish uchun qo’limizdan kelganini qilmoqdamiz”,-dedi.

Uning ta'kidlashicha, Turkiya terrorizmga qarshi kurashda qat’iy. U qo’shimcha muhojirni xohlamaydi. Turkiyadagi suriyaliklar zarur imkoniyatlar ta'minlangach, o'z vataniga ixtiyoriy va xavfsiz ravishda qaytariladi.

"Bulardan tashqari Turkiyada yoki Suriyada bo'lsin biz bilan birga bo'lgan suriyalik qardoshlarimiz bor. Ularni qiyin ahvolga soladigan har qanday vaziyat yoki qaror qabul qilishimiz mumkin emas. Bu borada juda aniq siyosat yuritamiz",- dedi Hulusi Akar.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar