TBMM Raisi Shento’p, G'arbiy Frakiyada Gumuljine va Iskechega tashrif buyurdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Raisi Mustafa Shento’p, G'arbiy Frakiya bilan uchrashuvlari doirasida  Gumuljine va Iskechega  tashrif buyurdi.

1975204
TBMM Raisi Shento’p, G'arbiy Frakiyada Gumuljine va Iskechega  tashrif buyurdi

 

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Raisi Mustafa Shento’p, G'arbiy Frakiya bilan uchrashuvlari doirasida  Gumuljine va Iskechega  tashrif buyurdi.

Mustafo Shento’pning G'arbiy Frakiya bilan aloqalari doirasidagi birinchi bekati  Gumuljieda bo'ldi.

Shento’p, Qahvachi qabristonidagi Do'stlik Tenglik Tinchlik partiyasi asoschisi Sadiq Ahmet maqbarasini ziyorat qildi.

Shento’p, bu yerda qilgan nutqida, Sadiq Ahmetning ham huquqiy, ham siyosiy kurashini ta'kidladi.

Mustafo Sento’p,

“Doktor Sadiq Ahmet turk birodarlarimizning G’arbiy Frakiyadagi tenglik va demokratiya kurashining ramziy nomidir. U o'z hayotini bunga bag'ishladi ». dedi.

Shento’p va hamrohligidagi delegatsiya so'ngra  Iskeche Ko’yunko’ydagi iftorlik dasturiga tashrif buyurdi. U G‘arbiy Frakiya Turk ozchiliklari maslahat kengashi raisi va  Gumuljinening  saylangan muftiysi Ibrohim Sharifni o‘z idorasida ziyorat qildi.

Gretsiya va Turkiya o'rtasidagi munosabatlarga to'xtalgan Shento’p,

6-fevral kuni Kahramanmarosh markazida sodir bo'lgan zilzilada Turkiyaga ko'rsatgan yordamlari uchun Gretsiya va yunon xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi, Gretsiyaning G‘arbiy Frakiyadagi musulmon turk ozchilikning huquqlarini Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatga yarasha tarzda berishi kerakligini ta’kidladi.

Mustafo Shento’p  Iskeche  Turk Ittifoqida tashkil etilgan saharlik  dasturida ham ishtirok etdi. Shento’p, bu yerda qilgan nutqida, Turkiyaning barcha qiyinchiliklarga qaramay ittifoq nomidan foydalanish kurashining orqasida ekanligini ta'kidladi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar