Prezident Erdo‘g‘an “TCG Anadolu” bilan yaqindan tanishdi

“TCG Anadolu”, dengiz kuchlari qo‘mondonligiga tantanali marosim bilan topshirilishi ortidan Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘an kemani ziyorat qildi.

1973116
Prezident Erdo‘g‘an “TCG Anadolu” bilan yaqindan tanishdi
erdogan tcg anadolu gemisi.jpg
erdogan tcg anadolu gemisinde.jpg
erdogan tcg anadolu gemisinde.jpg
erdogan tcg anadolu gemisinde.jpg

Dunyoning ilk qurolli insonsiz havo vositasi kemasi “TCG Anadolu”, dengiz kuchlari qo‘mondonligiga tantanali marosim bilan topshirilishi ortidan Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘an kemani ziyorat qildi.

Istanbulning Tuzla shahrida kemani ko‘rib chiqqan Erdo‘g‘an, palubadagi maydonchada turgan insonsiz milliy qiruvchi samolyot “Qizilelma”ni ham ko‘zdan kechirdi.

Erdo‘g‘an, Baykar Texnologiya rahbari Selchuk Bayraktardan “Qizilelma”ning kemadan birinchi uchish sanasini so‘radi.

Bayraktar,

“Kemadan uchishlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda. Umid qilamanki, uchish va qo‘nish 2025-yili amalga oshadi”.-deb javob berdi.

Shundan so‘ng Erdo‘g‘an, “Qizilelma” oldida Jumhur ittifoqi sheriklari va vazirlar bilan esdalik uchun suratga tushdi.

Prezident, kema kapitani xonasida mehmonlar uchun maxsus ajratilgan daftarchani ham imzoladi.

Qurilishi Tuzla Sedef kemasozlik zavodida boshlagan “TCG Anadolu” 6 yilda tamomlandi.



Aloqador xabarlar