Prezident Erdo‘g‘an oxirgi bir hafta ichida amalga oshirilgan xizmatlarga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali, oxirgi bir hafta ichida amalga oshirilgan xizmatlarga e’tibor qaratdi.

1972365
Prezident Erdo‘g‘an oxirgi bir hafta ichida amalga oshirilgan xizmatlarga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘an oxirgi bir necha hafta ichida xalq faxriga arzigulik ko‘plab ishlar, islohotlar va sarmoyalar kiritganliklarini bildirdi.

Erdo‘g‘an mavzu haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida:

“Faqatgina oxirgi bir necha hafta ichida xalq faxriga arzigulik ko‘plab ishlar, islohotlar va sarmoyalar kiritdik. To‘xtamay, yo‘limizni davom etamiz. Xalqimiz uchun xizmat qilamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Erdo‘g‘an unda shuningdek:

“(Istanbul) Bag‘jilarda 3 milliard 412 million liralik 97 ta loyihani ishga tushirdik. Milliy jangovar samolyot va Hurjetni angardan chiqardik. (Istanbulda) Bashakshehir Cham va Sakura shahar kasalxonasi bilan Kayashehir metro liniyasini ochdik. Insonsiz qiruvchi samolyot Qizilelmaning balandlik sinovlarini o‘tkazdik. Pensiyaga chiqish uchun yoshi kelishini kutgan 2 million 250 ming insonning talabiga javob berdik. (Balikesir Bandirmada) Bor karbid ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdik. Eng kam pensiya pulini 7 ming 500, bayramlık pulni 2 ming liraga chiqardik. 60 yillik orzu, TOGG avtomobilini yo‘llarga chiqardik. Turkiyani Ko‘rfaz hududiga olib boruvchi Taraqqiyot yo‘lini, Iroq Bosh vaziri bilan imzoladik. Yer silkinishi yuz bergan hududlarni ziyorat qilib, bugungacha 78 ming uy qurilish jarayonini boshlatdik”.-deya gapirdi.  



Aloqador xabarlar