Prezident Erdo‘g‘an Isaak Gertsok bilan al-Aqsodagi voqealarni qo‘lga oldi

Prezident Erdo‘g‘an Isroil Prezidenti Isaak Gertsok bilan telefon orqali muloqot qildi.

1971905
Prezident Erdo‘g‘an Isaak Gertsok bilan al-Aqsodagi voqealarni qo‘lga oldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Isroil Prezidenti Isaak Gertsok bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan ma’lumotga ko‘ra, muloqot chog‘ida, Isroil xavfsizlik kuchlarining al-Aqso jome’ masjidida uyushtirgan bosqinlari bilan muqaddas makonlardagilarga qarshi uyushtirgan qo‘pol munosabati qo‘lga olindi.

Prezident Erdo‘g‘an muloqotda shuningdek, yuz bergan voqealar nafaqat musulmonlarni balki butun insoniyat vijdonini yaralaganini ifoda etib, al-Aqso jome’ masjidining mavqei va ma’naviyatiga qaratilgan provokatsiya va tahdidlar oldida jim turishning iloji yo‘qligini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an, Ramazon oyi Fisih bayramiga to‘g‘ri kelgan bu nozik davrda G‘azo va Livanga ham yoyilgan taranglikning avj olishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerakligini qayd etdi.

Radikal yahudiy guruhlarning al-Aqso jome’ masjidiga bostirib kirishga chaqirishlari e’tiroz va xavotirchiliklarni orttirganiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, ayniqsa 11-aprel kuni boshlaydigan e’tikof davrida musulmonlar ibodatlarini muammosiz qila olishlari uchun kerakli chora ko‘rilishi muhimligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Har Ramazon oyida takrorlangan bu voqealarning mintaqa taqdiriga aylanmasligi uchun chora ko‘rilishi kerakligini ifoda etgan Prezident Erdo‘g‘an, muammoning ildizi ko‘rib chiqilishi, adolatli ravishda butunlay tinchlik o‘rnatish uchun qadam tashlanishi maqsadida zimmasiga tushgan vazifani bajarishga tayyorligini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar