Chavusho'g'li-lavrov matbuot anjuman uyushtirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li Isroilni Masjidul-Aqsaga hujumlarini butunlay to’xtatishga chaqirdi.

1971566
Chavusho'g'li-lavrov matbuot anjuman uyushtirdi

 

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li Isroilni Masjidul-Aqsaga hujumlarini butunlay to’xtatishga chaqirdi.

Vazir Chavusho’g’li, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgandan so’ng, poytaxt Ankaradagi Prezidentlik majmuasida uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida so’zladi.

Isroilning Masjidul-Aqsoga uyushtirgan reydlari haqida Chavusho’g’li,

"Isroilning Ramazon oyida Haramning muqaddasligi va tarixiy maqomiga zid bo'lgan bu hujumini qoralayman. Isroil politsiyasining, ayniqsa, bu yerda ibodat qilayotgan musulmonlarga nisbatan munosabati qabul qilib bo'lmaydi. Bu g'ayriinsoniy". dedi.

Tashqi ishlar vaziri Eli Koen Turkiyaga tashrifi chog’ida o’tkazgan uchrashuvda Masjidul-Aqsoning maqomini saqlab qolish bo’yicha qat’iyliklarini yana bir bor ta’kidlaganliklarini eslatgan Chavusho’g’li, o’tgan yili Ramazon oyida keskinlik bo’lganini aytdi.

Vazir Chavusho'g'li,

"Bugungi kunda Isroilda xavfsizlik masalalari eng irqchi, eng fashist siyosatchiga topshirildi. (Milliy xavfsizlik vaziri Itamar) Ben-Gvirga topshirildi. Shuning uchun Isroilga chaqiruvimiz shuki, ular Masjid ul-Aqsoga hujumlarini to‘xtatganliklarini hozirgina eshitdik va havo hujumlarini butunlay to‘xtatishlari kerak”, dedi u.

Vazir Chavusho'g'li,

"Turkiya sifatida biz yana Isroil bilan muloqotni boshladik, lekin hamma bilishi kerakki, bu Falastin masalasi, ayniqsa Isroil evaziga bo'lishi mumkin emas. Falastin, Al-Aqsa masjidi va Quddus masalasi har doim bizning qizil chizig'imiz va biz bu masalalarda hech qachon murosa qilmaymiz."dedi u.

Ayni paytda, Chavusho’g’li 3-4 aprel kunlari Rossiyaning poytaxti Moskvada Turkiya, Rossiya, Asad rejimi va Eron tashqi ishlar vazirlari o’rinbosarlari darajasida o’tkazilgan to’rt tomonlama yig’ilishlarga ham to’xtaldi. U hamkasbi Lavrov va Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga ushbu uchrashuvga mezbonlik qilish va tayyorlashdagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Chavusho’g’li, Moskvada bo’lib o’tgan 4 tarafli yig’ilish haqida shunday dedi:

“Moskvada har bir davlat oʻz pozitsiyasi va qarashlarini oshkora va ochiq ifoda etgan. Biz bu jarayonni xuddi shunday shaffof va ochiq tarzda davom ettirishi kerak, deb hisoblaymiz.

Biz bilamizki, barcha masalalar bir uchrashuvda, ikkita uchrashuvda hal bo‘lmaydi, biz haqiqatga yaqinmiz, lekin muloqot davom etishi kerak va maslahatlashuvlarni xuddi shu tarzda, faollashtirilgan holda davom ettirish foydali bo‘lardi”.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov, hamkasbi Chavusho’g’li bilan o’zaro va xalqaro kun tartibidagi muhim mavzularni muhokama qilganliklarini va ikki davlat o’rtasidagi aloqalarning samaradorligi liderlar o’rtasidagi samimiylikdan kelib chiqqanini bildirdi.

Lavrov shunday dedi:

“Bugungi uchrashuvda munosabatlarimizdagi lokomotiv boʻlgan loyihalar haqida soʻz yuritdik, xususan, Akkuyu atom elektr stansiyasining tashkil etilishi haqida soʻz yuritildi.Bu elektr stansiyasining qurilishi Turkiyaning energiya xavfsizligini mustahkamlaydi. Shu munosabat bilan aytmoqchimanki, 27 aprel kuni biz elektr stansiyasining birinchi blokiga atom energiyasini jo‘natamiz.

Turkiyada gaz markazi tashkil etiladi. Biz Rossiya energetika resurslarini jahon bozoriga olib chiqish uchun markaz tashkil etmoqdamiz. O‘tgan yili davlat rahbarlarimiz ushbu gaz markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Biz bu qaror qanchalik to‘g‘ri bo‘lganini yaxshiroq tushunamiz”. deya qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar