Akar gretsiyalik kasbdoshi Panagiotopulos bilan uchrashdi

Hulusi Akar Gretsiya Mudofaa vaziri Nikolas Panagiotopulos bilan uchrashdi

1969852
Akar gretsiyalik kasbdoshi Panagiotopulos bilan uchrashdi
Akar-Nikolaos Panagiotopoulos.jpg
Akar-Nikolaos Panagiotopoulos1.jpg
Akar-Nikolaos Panagiotopoulos2.jpg

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Gretsiya Mudofaa vaziri Nikolas Panagiotopulos bilan uchrashdi.

Hulusi Akar 6-fevral kuni sodir bo‘lgan va o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlaridan jabr ko‘rgan, mamlakatning Hatay viloyatiga kelgan mehmoni Panagiotopulosni aeroportda kutib oldi.

Vertolyot orqali shaharni ko‘rib chiqqan Akar bilan Panagiotopulos, keyinroq o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu uchrashuv ortidan ikki vazir Turkiyaning Ofat va favqulodda vaziyatlarni oldini olish markazining Hataydagi bo‘limida, yer silkinishidan keyin amalga oshirilgan faoliyatlar haqidagi yig‘ilishda ishtirok etdi.



Aloqador xabarlar