Akar: Turk askarlari oxirgi 3 oyda 340 nafar terroristni yo‘q qildi

Hulus Akar 6-fevral kuni sodir bo‘lgan va o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlaridan jabr ko‘rgan viloyatlardan biri Hatayda bayonot berdi.

1968565
Akar: Turk askarlari oxirgi 3 oyda 340 nafar terroristni yo‘q qildi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, oxirgi 3 oyda 340 nafar terrorist yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Hulus Akar 6-fevral kuni sodir bo‘lgan va o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlaridan jabr ko‘rgan viloyatlardan biri Hatayda bergan bayonotida, terrorga qarshi kurash haqida:

“Terrorizmga qarshi kurash jadal tusda, kuchli ravishda matonat va qat’iyat bilan davom etmoqda. Biz 40 yildan buyon olijanob xalqimizni qiynayotgan bu balodan qutilishda qarorimiz qat’iydir va bunga qodirmiz ham.

Turk askarlari oxirgi 3 oyda 340 nafar terroristni yo‘q qildi. Bular orqasida kim bo‘lishidan qat’iy nazar, hoh qurol, hoh vertolyot, hoh o‘q-dori, hoh pul bersinlar terroristlarni yo‘q qilishda qarorimiz qat’iydir. Qayerda terrorist bo‘lsa, ana shu yerni nishonga olamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar