Oliy Saylov kengashi nomzodlar murojaatini qabul qildi

Joriy yilning 14-mayi kuni Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.

1965117
Oliy Saylov kengashi nomzodlar murojaatini qabul qildi

Prezidentlikka nomzodligi “Jumhur ittifoqi” tomonidan ko‘rsatilgan Turkiyaning amaldagi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan prezidentlikka nomzodligi “Millet” yoki “Xalq ittifoqi” tomonidan ko‘rsatilgan Kemal Kilichdaro‘g‘luning nomzodlik murojaatlari qabul qilindi.

Oliy Saylov kengashi (OSK) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra prezidentlik va parlament saylovlarida yo‘lga qo‘yiluvchi Saylov taqvimi asosida joriy yilning 19-marti kuni boshlab, 23-mart haftaning payshanba kuni soat 17:00 ga qadar siyosiy partiyalar tomonidan Oliy Saylov kengashiga qilingan murojaatlar ko‘rib chiqilgan.

Natijada Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) bilan Milliyatchi Harakat partiyasi (MHP) guruhlari tomonidan nomzod deb ko‘rsatilgan amaldagi Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘an va Jumhuriyat Xalq partiyasi (JHP) bilan Iyi partiya guruhlari tomonidan nomzod deb ko‘rsatilgan JHP raisi Kemal Kilichdaro‘g‘luning hujjatlarida hech qanday kamchilik yo‘q va nomzodlik murojaatlarining qabul qilingani e’lon qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Oliy Saylov kengashi , #saylov

Aloqador xabarlar