Chavusho‘g‘lu Pokistonga hamdardlik bildirdi

Chavusho‘g‘lu Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va Tashqi ishlar vaziri Bilaval Butto Zardoriy bilan telefon orqali muloqot qildi.

1963980
Chavusho‘g‘lu Pokistonga hamdardlik bildirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va Tashqi ishlar vaziri Bilaval Butto Zardoriy bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda Chavusho‘g‘lu Pokistonda sodir bo‘lgan yer silkinishlaridan jabr ko‘rganlarga hamdardlik bildirib, hayotdan ko‘z yumganlar uchun ta’ziya izhor etdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Chavusho‘g‘lu, Sharif va Zardoriy bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Unda Chavusho‘g‘lu Afg‘onistonning Hindikush viloyatida sodir bo‘lgan va Pokistonga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan 6,5 magnitudali yer silkinishi tufayli Pokistonga hamdardlik bildirib, ta’ziya izhor etgan.

Pokiston Bosh vaziri Sharif va Tashqi ishlar vaziri Zardoriy ham Mevlut Chavusho‘g‘luga minnatdorchilik bildirgan.

Chavusho‘g‘lu Twitterdagi sahifasi orqali ingliz tilida qoldirgan postida, yer silkinishlaridan jabr ko‘rgan Pokiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Hindiston bilan to‘liq birdamlik ichida ekanliklarini qayd etar ekan ayni vaqtda yer silkinishini nazarda tutgan holda:

“Duolarimiz jabr ko‘rganlar bilan birgadir”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Chavusho‘g‘lu, Pokiston va Afg‘onistonda halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz:

Afg‘onistonning Hindukush viloyatida 21-mart kuni 6,5 ​​magnitudali yer silkinishi sodir bo‘lar ekan, tabiiy ofat, Pokiston bosh bo‘lish bilan birga Hindiston va ayrim Markaziy Osiyo davlatlarida ham kuchli sezilgandi.

 



Aloqador xabarlar