Erdo'g'an Isroil prezidenti Isxak Gerzog bilan muloqot qildi

Isroil prezidenti Isxak Gerzog suhbat avvalida Erdo’g’an va turk xalqini muborak Ramazon oyi bilan tabrikladi. Erdo’g'an ham o’z navbatida aprel oyida qutlanadigan yahudiylar uchun muqaddas Fisih bayrami bilan Isroil xalqi va hukumatini tabrikladi.

1963377
Erdo'g'an Isroil prezidenti Isxak Gerzog bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an kecha, 21 mart kuni Isroil prezidenti Isxak Gerzog bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, suhbat chog’ida Turkiya-Isroil munosabatlarining bugungi holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Isroil prezidenti Isxak Gerzog suhbat avvalida Erdo’g’an va turk xalqini muborak Ramazon bilan tabrikladi.

Prezident Erdo’g'an ham o’z navbatida aprel oyida qutlanadigan yahudiylar uchun muqaddas Fisih bayrami bilan Isroil xalqi va hukumatini tabrikladi.

Shuningdek, zilzila falokati tufayli Turkiyaga yordam qo’lini uzatgan Isroilga minnatdorlik bildirgan Erdo'g'an, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda qat'iy ekanini tilga oldi.

Ramazon oyi yaqinlashayotgan shu kunlarda G‘arbiy Sohilda hujumlarning kuchayib borayotganidan chuqur xavotirda ekanini tilga olgan Erdo‘g‘an, Masjid-ul Aqsoning tarixiy mavqei va ma’naviyatiga qarshi provokatsiya va tahdidlarga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini bildirdi.

Erdo‘g‘an shuningdek, Gerzogga tinchlikni saqlab qolish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Muloqot do’stona va konstruktiv ruhda bo’lib o’tdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Isxak Gersog , #Isroil , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar