Mavlud Chavusho’g’li Belgiya poytaxti Bryusselga tashrif buyurdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Bryusseldagi Xalqaro Donorlar Konferentsiyasida ishtirok etmoqda.

1962458
Mavlud Chavusho’g’li Belgiya poytaxti Bryusselga tashrif buyurdi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Xalqaro Donorlar Konferentsiyasida ishtirok etish uchun Belgiya poytaxti Bryusselga tashrif buyurdi.

Yevropa Ittifoqi komissiyasi va YI Kengashining Muvaqqat rahbari Shvetsiya 6-fevral kuni Turkiya va Suriyada sodir bo’lgan zilzilalardan zarar ko’rgan hududlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida Xalqaro Donorlar konferensiyasi o’tkazmoqda.

Chavusho’g’li konferensiya oldidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Ittifoqi vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o’tkazdi.

BMT Taraqqiyot dasturi rahbari Achim Steinerni qabul qilgan Chavusho’g’li, Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz va Gruziya inqirozi bo’yicha maxsus vakili Toivo Klaar bilan ham uchrashdi.

Chavusho’g’li ijtimoiy tarmoq orqali uchrashuvlar haqida bayonot berdi.

“Biz Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz va Gruziya boʻyicha maxsus vakili va BMT Taraqqiyot dasturi rahbari bilan mintaqaviy muammolarni va zilziladan keyingi rekonstruksiya jarayonini muhokama qildik”, dedi u.

Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Nikolaos Dendias bilan ham uchrashgan Chavusho’g’li, zilziladan keyingi birdamlik uchun Gretsiya hukumati va yunon xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Chavusho’g’li ikki davlat o’rtasidagi aloqalarning ijobiy muhitda ekanligini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mavlud Chavusho'g'li

Aloqador xabarlar