Chavusho’g'li:"Turkiy Davlatlar Tashkilotini tuzish barchamizning orzuimiz edi"

Turkiya poytaxti Anqarada Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g'li raisligida TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig’ilishi bo'lib o'tdi.

1960670
Chavusho’g'li:"Turkiy Davlatlar Tashkilotini tuzish barchamizning orzuimiz edi"

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g'li "Turkiy Davlatlar Tashkiloti barchamizning orzuimiz edi. Bu amalga oshdi. Kundan kunga tuzilmamizni mustahkamlab, hamkorligimizni yanada kengaytirmoqdamiz",- dedi.

Chavusho’g’li bu so’zlarni poytaxt Ankaradagi Prezident saroyida bo’lib o’tgan TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig’ilishida tilga oldi.

Mazkur yig’ilishda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov, Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, Qozog‘iston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Kayrat Umarov, Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Szijarto, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Tahsin Ertug'ruoğlu, Turkmanistonning Istanbuldagi Bosh konsuli Muratgeldi Seyitmammedov va TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ishtirok etdi.

Yashil texnologiyani qo‘llagan, aqlli shaharlarga ega Turk dunyosini qurish orzuini tilga olgan Chavusho‘g‘li, “Global energiya tenglamasida salmog‘imiz ortib bormoqda, Baku-Tbilisi-Jayhun neft quvuri, Trans-Anadolu tabiiy gaz quvuri (TANAP) kabi yirik energiya loyihalarini amalga oshirdik. Kaspiy mintaqasidan qo'shimcha tabiiy gazni xalqaro bozorga olib chiqish uchun hamkorlikni oshirishimiz kerak",-dedi.

Chavusho’g’li Osiyo qayta bo’y ko’rsatgan bu davrda O’rta yo’lakning global savdodagi ulushini oshirish kerakligini ta’kidladi.

U shuningdek, a’zo davlatlar o’z iqtisodiyotlarining sog’lom integratsiyalashuvi uchun Turkiya sarmoya jamg’armasiga ahamiyat berilganini aytdi.

Ukrainadagi urush, Afg'onistondagi o'zgarishlar va mintaqadagi boshqa muammolar TDT va a'zolarini yaqindan qiziqtirganini ifoda etgan Chavusho'g'li, "Umumiy fikr bilan biz tarix oqimini o’zgartirishimiz emas, balki yo'naltirishni afzal ko'rishimiz kerak. Shunday ekan, birdamligimizni mustahkamlashimiz kerak”,-dedi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasining tashkilotga kuzatuvchi a'zo sifatida mavjudligi bu jihatdan juda ma'noli ekanini ta'kidlagan Chavusho'g'li, "Kipr turk xalqining suveren tengligi, huquqlari va teng xalqaro maqomini roʻyxatga olish, ular duchor boʻlgan izolyatsiya va cheklovlarni olib tashlash umumiy maqsadimiz boʻlishi kerak”,-dedi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho’g’li , #Turkiya , #TDT

Aloqador xabarlar