Ibrohim Kalin Oq uyda Jeyk Sullivan va Viktoriya Nuland bilan uchrashdi

Muloqot chog’ida Turkiya-AQSh munosabatlarining strategik jihatiga e’tibor qaratilib, ikki ittifoqchi davlatning global va mintaqaviy masalalarda o’zaro hurmat va manfaatlar asosida hamkorlikni davom ettirishining ahamiyati tilga olindi.

1959941
Ibrohim Kalin Oq uyda Jeyk Sullivan va Viktoriya Nuland bilan uchrashdi
victoria nuland-ibrahim kalin.jpg
ibrahim kalin abd'de.jpg

 

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin Oq uy milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sullivan va AQSh Davlat kotibining Siyosiy ishlardan mas’ul vakili Viktoriya Nuland bilan uchrashdi.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Oq uyda va AQSh Davlat kotibligida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda, Turkiyadagi zilzila falokatida AQSh va xalqaro hamjamiyatning mamlakatga koʻrsatgan yordami va birdamligi qayd etildi.

Turkiya zilzila hududining qayta tiklanishi uchun sa’y-harakatlarini davom ettirayotgani ta’kidlandi.

Muloqot chog’ida Turkiya-AQSh munosabatlarining strategik jihatiga e’tibor qaratilib, ikki ittifoqchi davlatning global va mintaqaviy masalalarda o’zaro hurmat va manfaatlar asosida hamkorlikni davom ettirishining ahamiyati tilga olindi.

Bundan tashqari, Turkiyaning printsipial jihatdan NATOning ochiq eshiklar siyosatini qo'llab-quvvatlagani, Shvetsiya va Finlyandiyaning uch tomonlama kelishuv doirasidagi majburiyatlarini bajarishning jarayonni tezlashtirishi ta'kidlandi.

Shuningdek, Rossiya-Ukraina urushining cho'zilishi mintaqaviy va global beqarorlikni chuqurlashtirgani, Turkiyaning yechim yo'lidagi diplomatik sa'y-harakatlarini davom ettirishi bildirildi.

Bayonotda, g'alla jo'natish kelishuvining uzaytirilishida Turkiyaning o'rni borligi ta'kidlanib, "Turkiya PKK/PYD/YPG, DEASH va Fetullohchi terror tashkiloti kabi barcha terror tashkilotlariga qarshi qat'iy kurashni davom ettiradi" deb ta'kidlandi.

Oq uy tomonidan berilgan bayonotda, Ibrohim Kalin va Sullivanning mintaqaviy va global mavzular bilan bir qatorda ikki tomonlama munosabatlarning istiqbolini ham muhokama qilgani bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Turkiya , #Ibrohim Kalin

Aloqador xabarlar