Prezident Erdo‘g‘an: Bu og‘ir imtihonni xalqimiz bilan birga yengamiz

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda uyushtirilgan 26 - Yevrosiyo iqtisodiy sammitiga maktub yo‘lladi.

1959605
Prezident Erdo‘g‘an: Bu og‘ir imtihonni xalqimiz bilan birga yengamiz

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, 6-fevral kuni sodir bo‘lgan yer silkinishlari falokatini xalq bilan birgalikda yengib o‘tajaklarini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda uyushtirilgan 26 - Yevrosiyo iqtisodiy sammitiga maktub yo‘lladi.

Erdo‘g‘an unda, mazkur sammit, Turkiyaning insoniyat tarixidagi eng katta falokatlardan biri bilan kurashayotgan bir davrda uyushtirilganiga e’tibor qaratib:

“6-fevral kuni o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishlari 11 viloyatimiz bilan 14 million aholimizga to‘g‘ridan - to‘g‘ri salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Qirq sakkiz mingdan ortiq fuqaromiz umriga zomin bo‘lgan ushbu yer silkinishlarida yurtimiz jiddiy iqtisodiy ziyonga uchradi. Ofatning ilk soniyalaridan e’tiboran boshlatgan safarbarlikni, ishbilarmonlar olamining ham ko‘magi bilan farqli sohalarda davom ettiryapmiz”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, bir yil ichida infratuzilmasi va ustki tuzilishi bilan vayron bo‘lgan barcha shaharlarni qayta tiklashni maqsad qilganliklarini ta’kidladi.

Bu jarayonda davlatning tegishli muassasalari bilan bir qatorda ishbilarmonlar olamiga ham muhim vazifa va mas’uliyatlar yuklanganiga e’tibor qaratgan Prezident Erdo‘g‘an:

“Tadbirkorlarimizdan ham ishxonalari ham da zavodlarini himoya qilib, ayni vaqtda qo‘llaridagi bor imkonlarini yer silkinishlarida jabr ko‘rgan yurttoshlarimiz uchun safarbar qilishlarini kutamiz. Bu og‘ir imtihonni xalqimiz bilan birga yengamiz”.-dedi.

Prezident tadbirkorlarga Turkiyaning ish bilan ta’minlsh sohasi, eksporti, rivojlanishi va ishlab chiqarishiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

 



Aloqador xabarlar