Hulusi Akar: 6-fevraldan beri 53 nafar terrorist yoʻq qilindi

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda.

1958722
Hulusi Akar: 6-fevraldan beri 53 nafar terrorist yoʻq qilindi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar 6-fevraldan beri 53 nafar terroristning yoʻq qilinganini bildirdi.

Akar, Hatay viloyatining Antakiya tumanidagi Serinyol mahallasida joylashgan Turk Qurolli kuchlarining (TSK) Logistikani qoʻllab-quvvatlash bazasida Anadoʻlu agentligi (AA) muharrirlik stoliga qoʻshildi.

Mudofaa vaziri PKK terror tashkiloti haqida:

“6-fevraldan buyon 8 ta igʻvogar tusdagi harakat va hujum qayd etildi. Jimjirt qarab turolmaymiz, kerakli javobni beramiz. Shu doirada 53 terrorist yoʻq qilindi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Akar shuningdek:

“YPG terror tashkiloti bilan PKK bir xil. Doʻstlarimiz bilan ittifoqdoshlarimiz bu borada oyoq tiramay, haqiqatni koʻrishlarini, tushunib yetishlarini xohlaymiz”.-dedi.

Shvetsiya bilan Finlyandiyaning NATO tarkibiga kirish haqida esa Hulusi Akar:

“Bergan va’dalarini bajarishlarini kutamiz va hech qachon NATOning ochiq darvoza siyosatiga qarshi emasmiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

F16 xaridi haqida esa:

“Amerika Qoʻshma Shtatlari Mudofaa vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar ijobiy nuqtaga yetdi. Oq uy tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini bilamiz. Kongressdan oqilona qaror qabul qilishini kutamiz. Biz bu masalada ojiz emasligimizni va qoʻlimizda bir necha tadbir borligini hamma bilishini istaymiz”.-deyildi.

Akar, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi don koridoridagi muddatning uzaytirilishiga ham toʻxtalib, mavzu haqida:

“Ikki tomon ham ijobiy yondashmoqda. Ijobiy natija berishiga ham ishonchimiz komil. 18-mart kuni muddat uzaytiriladi degan fikrdamiz”.-dedi.



Aloqador xabarlar