Prezident Erdoʻgʻan Hatayda

Prezident Erdoʻgʻan, oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlaridan salbiy ta’sir koʻrgan Hatayning Kirikhan tumaniga bordi.

1958483
Prezident Erdoʻgʻan Hatayda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an:

“Ziyon koʻrgan binolarni aniqlash ishlari tamomlandi. Shunga koʻra Hatayda 183 000 ta kvartira bilan 15 000 ta uy qurishni rejalashtiryapmiz”.-dedi.  

Erdoʻgʻan olib borilayotgan faoliyatlarni koʻzdan kechirish uchun bugun oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlaridan salbiy ta’sir koʻrgan Hatayning Kirikhan tumaniga bordi va u yerda bergan bayonotida:

“Avvalgi yer silkinishlari, yongʻinlar va toshqinlarda viloyatlarimizni qanday qilib qayta tiklagan boʻlsak, Xudo xohlasa yana hech kimni yolgʻiz qoʻymaymiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Prezident Erdoʻgʻan:

“Bugungacha ofat yuz bergan hududlarda 426 ming chodir qurdik. 2 oy ichida 100 ming konteynerni ham ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz”. - dedi.

Erdoʻgʻan shuningdek:

“Xalqaro chaqiruvga javob bergan dunyoning 100 ta davlatidan 90 tasi judayam foydali ishlarni amalga oshirdi. Mamlakatimiz va xorijdagi barcha doʻstlarimga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman”. –deya gapirdi.



Aloqador xabarlar