Mavlud Chavusho’g’li Gambiya va Laos TIV rahbarlari bilan uchrashdi

“Biz Qatarda Gambiya va Laos tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlarimizni o‘tkazdik, ikki tomonlama munosabatlarimizni muhokama qildik. Zilziladan keyin ikki davlatning birdamligini qadrlaymiz”, deydi Mavlud Chavusho’g’li.

1955157
Mavlud Chavusho’g’li Gambiya va Laos TIV rahbarlari bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Qatarda Gambiya va Laos tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi.

Ma'lumki, Mavlud Chavusho’g’li shu kunlarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 5-Eng kam rivojlangan davlatlar konferensiyasiga qatnashish uchun Qatar poytaxti Dohada bo'lib turibdi.

U tashrif doirasida Gambiya tashqi ishlar vaziri Mamadou Tangara va Laos tashqi ishlar vaziri Saleumxay Kommasith bilan uchrashdi.

Chavusho'g'li ijtimoiy tarmoq orqali uchrashuvlar tafsiloti haqida ma'lumot berdi.

“Biz Qatarda Gambiya va Laos tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlarimizni o‘tkazdik, ikki tomonlama munosabatlarimizni muhokama qildik. Zilziladan keyin ikki davlatning birdamligini qadrlaymiz”, deb yozadi Mavlud Chavusho’g’li.

Mavlud Chavusho’g’li, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 77-Bosh Assambleyasi Rahbari Ksaba Korosi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 77-Bosh Assambleyasi Prezidenti Yvan Gil Pinto, Sudan tashqi ishlar vaziri Ali Sodiq bilan ham uchrashdi. 

Chavusho’g’li, kecha BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish bilan ham uchrashuv o'tkazgandi.


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #Mavlud Chavusho'g'li

Aloqador xabarlar