Turkiyadagi yer silkinishlarida 45 ming 968 kishi hayotdan koʻz yumdi

Ichki ishlar vaziri Suleyman Soʻylu Hataydagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish viloyat koordinatsiya markazida bayonotlar berdi.

1954970
Turkiyadagi yer silkinishlarida 45 ming 968 kishi hayotdan koʻz yumdi

6-fevral kuni sodir boʻlgan va oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan, mamlakatning 11 viloyatiga salbiy ta’sir koʻrsatgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishlari oqibatida qurbonlar soni 45 ming 968 nafarga yetdi.

Ichki ishlar vaziri Suleyman Soʻylu Hataydagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish viloyat koordinatsiya markazida mavzu haqida bayonotlar berdi.

“Gap, dunyodagi eng yirik yer silkinishlari va 400 kilometrlik yirtiq haqida ketmoqda. Albatta, bu biz uchun muhim natijalar tugʻdirdi”.-degan Soʻylu:

“Buyuk iztirob va buyuk g‘alabalar xalqlarni birlashtiradi. Xalqimiz mana shu buyuk iztirob oldida bir yoqadan bosh, bir yengdan qoʻl chiqardi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Suleyman Soʻylu, mazkur yer silkinishlarida halok boʻlganlar soni haqida esa:

“Bugungacha vayronalar ostida, kasalxonalarda hayotdan koʻz yumganlar soni 45 ming 968 nafar deb qayd etildi. Ular orasida 4 ming 267 nafar suriyalik qardoshlarimiz ham bor”.-deya gapirdi.

Mintaqada bugungacha jami 13 ming 72 ta takroriy seysmik yer silkinishi kuzatilgani va buning oddiy holat emasligini qayd etgan Soʻylu:

“Yer silkinishlari sodir boʻlgan butun hududlarda 332, Hatayda 80 ta chodir shaharcha qurilganini ifoda etgan Soʻylu, “Ofatdan ziyon koʻrgan 1,5 million inson chodirlarda yashamoqda”.dedi.

Suleyman Soʻylu shuningdek, Hatayda 21 ming 895 konteyner oʻrnatilishi rejalashtirilayotgani va hozircha ulardan 3 ming donasini oʻrnatish ishi tamomlanganini bildirdi.

Ichki ishlar vaziri, tabiiy ofat yuz bergan hudutlardan evakuatsiya qilinganlar soni esa 2 million 141 ming kishi ekanini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar