Turkiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan Ukraina urushining 1-yili haqida bayonot tarqatildi

Turkiya, boshidan beri rad etgan Rossiya-Ukraina urushini Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini o'rnatadigan tarzda tugatish uchun ko'mak va sa'y-harakatlarini davom ettirishini bildirdi.

1951373

Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan Ukraina urushining 1-yili haqida berilgan yozma bayonotda, Ukrainada bundan roppa-rosa bir yil avval kecha (24 fevral) boshlangan urush Turkiyaning barcha urinishlariga qaramay davom etayotgani qayd etildi.

Bayonotda, bu urushning og'ir xarajati nafaqat ikki davlatda, balki butun dunyoda salbiy his qilingani ta'kidlandi.

"Biz har bir platformada urushning imkon qadar tezroq muzokaralar yo'li bilan adolatli va doimiy ravishda tugatilishi kerakligini ta'kidlaymiz. Biz shunga o'xshash tashabbuslar, jumladan, Istanbul don kelishuvi bilan yechim yo'lidagi sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlaymiz". İfoda etildi.

“Biz boshidanoq rad etgan bu urushni Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini oʻrnatadigan tarzda tugatish uchun har qanday yordam va saʼy-harakatlarni davom ettiramiz”, — deyiladi bayonotda.

Tanlangan kalimalar: #Bayonot , #1- yiligi , #Urush , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar