Mavlud Chavusho’g’li xalqaro hamjamiyatga minnatdorlik bildirdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li  Livan Tashqi ishlar vaziri Abdulloh Buhabib va ​​Jamoat ishlari va transport vaziri Ali Hamiyye bilan qo'shma matbuot anjumani o'tkazdi.

1951028
Mavlud Chavusho’g’li xalqaro hamjamiyatga minnatdorlik bildirdi

 

Xalqaro hamjamiyat 6-fevral kuni “asr falokati” deb ta’riflangan va 11 viloyatni qamrab olgan vayronkor zilzilalardan so'ng Turkiyaga yordam qo'lini uzatdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li  Livan Tashqi ishlar vaziri Abdulloh Buhabib va ​​Jamoat ishlari va transport vaziri Ali Hamiyye bilan o'tkazilgan qo'shma matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Chavusho’g’lining ta'kidlashicha, zilzila sodir bo’lgan dastlabki kunlardan boshlab xalqaro qidiruv-qutqaruv guruhlari Turkiyaga kelishni boshladi.
"102 davlat yordam taklif qildi. 90 mamlakatdan qidiruv-qutqaruv va tibbiy guruhlar yetib keldi. Ko'chma kasalxonalari tashkil etildi va biz katta yordam oldik. Yana bir bor butun xalqaro hamjamiyatga minnatdorlik bildiramiz" dedi u.

Chavusho’g’li shuningdek, xorijdan kelgan chodirlar soni 93 ming 637 taga yetganini ma'lum qilib, konteynerlarni qurush davom etganligini ta’kidladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining shoshilinch chaqiruv mexanizmi zudlik bilan ishga tushirilganini eslatgan Mavlud Chavusho’g’li, shoshilinch ehtiyojlarni qondirish uchun 1 milliard dollarlik yordam zarurligini aytdi.

"Biz bu yerda turli mamlakatlardan, xususan, BMTdan odamlar hissa qo'shayotganini ko'rmoqdamiz" ,- deydi Turkiya TIV rahbari.

Yevropa Ittifoqi Turkiyani qo’llab-quvvatlash maqsadida xalqaro konferensiya uyushtirganini qayd etgan Tashqi ishlar vaziri, kelgusida yordamlardan foydalanish uchun muassasalar bilan uchrashganligini bildirdi.

Livan Tashqi ishlar vaziri Abdulloh Buhabib so'zlarini Turkiyaga hamdardlik bildirish bilan boshlar ekan, "Bizning Turkiya bilan qardoshlik aloqalarimiz cheksiz, biz qardosh Turkiyaga mana shu og‘ir damlarda yordam berdik. Bilamizki, qiyin paytlarimizda Turkiya ham biz bilan birga bo‘lgan",-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Livan , #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar