Rivojlangan sakkiz davlat Turkiyadagi yer silkinishlari uchun qoʻshma bayonot berdi

Turkiya, Nigeriya, Misr, Pokiston, Indoneziya, Eron, Malayziya va Bangladesh kabi davlatlar, Turkiyadagi yer silkinishlari uchun qoʻshma bayonot berdi.

1950002
Rivojlangan sakkiz davlat Turkiyadagi yer silkinishlari uchun qoʻshma bayonot berdi

Rivojlangan sakkiz davlat (D-8) Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti aʼzolari 6-fevral kuni sodir boʻlgan va minglab inson umriga zomin boʻlgan, epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlari uchun qoʻshma bayonot berdi.

Turkiya, Nigeriya, Misr, Pokiston, Indoneziya, Eron, Malayziya va Bangladesh kabi davlatlar unda, yer silkinishlarida halok bo’lganlar uchun hamdardlik bildirib, jarohat olganlarga esa tez kunlarda sogʻayib ketishlarini tiladi.

Qoʻshma bayonotda, “Bu murakkab paytlarda hamkorlikni kengaytirdik. Turk xalqining birdamligiga guvoh boʻldik. Shu bois ham Turkiyaning qayta tiklanish jarayonini muvaffaqiyatli uddalay olishiga ishonchimiz komil”. – degan ifodalarga oʻrin berildi. Shuningdek, rivojlangan sakkiz davlat tomonidan, Turkiyaning ofatga qarshi kurashish va yordam faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlashi ta’kidlandi.

“Ko‘rsatilgan yordam, ziyon ko‘rgan hududlardagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va qayta tiklashga hissa qo‘shishiga ham ishonamiz”. – deyilgan bayonotda, yuqorida nomi tilga olingan davlatlarning koʻpchiligidagi tabiiy ofatlar hisobga olinib, ularda ham ofatga qarshi kurashish va yordam mexanizmining tashkil etilishi ustida ish olib borilishi haqida qaror qabul qilingani qayd etildi.

Bayonot, 15-16 fevral kunlari, rivojlangan sakkiz davlatning Istanbulda boʻlib oʻtgan navbatdagi (qirq sakkizinchi) yigʻilishida, Turk hukumati va xalqi bilan birdamlik ichida ekanini koʻrsatish uchun e’lon qilindi.

 



Aloqador xabarlar